"Liverpul"ning yana bir muhim futbolchisi safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
15 apr 2018, 15:01
"Liverpul"ning xorvatiyalik himoyachisi Deyan Lovren jarohat oldi.

Futbolchi APLning 34-turi doirasida "Bornmut"ga (3:0) qarshi uchrashuvda jarohat olgan.

"Uning jarohati jiddiy emas deb umid qilaman. Men uning sekinlashganini ko'rib qoldim xolos. Hozircha ko'p gap ayta olmayman", - dedi Klopp.

Yaqin vaqtlarda 28 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va uning qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ladi.

Oldinroq Emre Jan jarohati sababli mavsum yakuniga qadar o'ynamasligi ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru