"Liverpul"ning sobiq futbolchisi: "Mana nima uchun menga Krishtianu umuman yoqmaydi"
25 avg 2022 12:12
Yangiliklar
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi: "Mana nima uchun menga Krishtianu umuman yoqmaydi"
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Xose Enrike "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni tanqid qildi.
Sobiq futbolchiga "Manchester Yunayted" - "Liverpul" uchrashuvidan oldin jonli efirda Krishtianu Ronalduning Gari Nevill va Roy Kin bilan salomlashib, Jeymi Karragerga bunday qilmagani yoqmadi.
"Ronalduning Karragerga hurmatsizligi - noto'g'ri. Kin va Nevill ham "Sky Sports" jonli efirida Krishtianuni "o'ldirdi". Karrager ham uzoq yillar futbol o'ynagan, "Liverpul"da juda ko'p uchrashuvda maydonga tushgan. SHunchaki kelib, "salom" deb qo'y. Bu hurmatni bildiradi.
Mana nima sababdan menga Krishtianu umuman yoqmaydi. U futboldan ketganida ko'ramiz, yonida qanday insonlar bo'larkin", - dedi ispaniyalik.
Fikrlar