“Liverpul”ning g'alabali seriyasiga chek qo'yildi
20 okt 2019 22:35
Yangiliklar


“Liverpul”ning g'alabali seriyasiga chek qo'yildi
Biroz oldin, APLning 9-turidan o'rin olgan MYU – “Liverpul” o'rtasidagi bellashuv o'z yakuniga etdi.
Bahsda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
SHu tariqa, mersisaydliklarning 17 o'yinlik g'alabali seriyasiga yakun yasaldi va “Manchester Siti”ning rekordi (ketma-ket 18 g'alaba) takrorlanmaydigan bo'ldi.
Qo'shimcha qilish joizki, Yurgen Klopp bu safar ham “qizil iblislar” maydonida zafar qucha olmadi. Avvalgi 4ta bahsning 3tasida durang va birida manchesterliklar muvaffaqiyat qozonishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar