So’nggi yangiliklar

17:51ЖЧ-2026 саралаши. Осиё гранди Индонезияни "савалади"  1 17:11ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон – Қатар. Таркиблар маълум  36 16:42"Бавария" келгуси мавсум учун уй формасини намойиш этди  3 16:12"Арсенал" футболчисини "Крузейро"га сотди  0 15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  3 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  2 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  30 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  4 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  2 13:15Бекзод Маматқулов Ўзбекистон футзал федерациясида йиғилиш ўтказди. Унда Элибоев, Свиридов, Раҳматов ва бошқалар қатнашди  1 12:49Қамчибек Ташиев ЎФА раҳбариятини Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧга чиққани билан табриклади  5 12:27Мешал Баршам: "Ўзбекистон ҳурматга сазовор жамоа"  7 12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  22 11:40Бугун Осиё Кубогига саралаш ўйинлари бўлиб ўтади  1

"Liverpul"ning darajasi, jamoalar holati, potencial chempionlik - Sulsher o'yindan oldingi matbuot anjumanida qatnashdi Yangiliklar

"Liverpul"ning darajasi, jamoalar holati, potencial chempionlik - Sulsher o'yindan oldingi matbuot anjumanida qatnashdi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 19-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

"Bunday yuqori sifatga ega bo'lgan jamoaga qarshi o'yinni sabrsizlik bilan kutyapman. "Enfild"ga kelganingda sening qanday holatda ekanliging muhim emas - bu barcha uchun juda katta o'yin. To'g'risi, sabrim chidamayapti".

Turnir jadvalidagi o'rin

"Mavsumning bunday qismida peshqadamlik hech nimani bermaydi. SHunday ekan tabriklar shart emas. So'nggi turda qaysi o'rinda bo'lishimiz biz uchun muhimroq".

Jamoa kuchli

"Jamoam yaxshi holatda. Yuqori tajribaga ega ko'plab futbolchilarim bor. Undan tashqari, jamoani kuchaytiryapmiz. Aaron, Den, Xarri – ular anchadan beri shu erda va klubning standartlarini, bosimini tushunib bo'lishdi. SHak-shubxasiz, biz kuchaydik".

Murabbiy sifatidagi eng katta o'yin

"Albatta! Turnir jadvalidagi o'rin bizga kuch berishi kerak. CHempionga qarshi "Enfild"da o'yin - haqiqiy katta imtixon"

Potencial chempionlik haqida

"Markus aytganidek, keyinchalik quyi o'rinlarga tushib ketsak ham unchalik xayron qolmayman. Jamoam juda yosh. Bizning ambiciyamiz chempionlik emas, shunchaki, g'alabalarga erishish. Yutyapmizmi, demak, to'g'ri yo'ldan ketyapmiz. Oldimizdagi o'yin esa bizning qanday holatda ekanligimizni ko'rsatib beradi".

Kloppning o'zini tutishi haqida

"O'yin vaqtida men klubning rasmiy shaxsi sifatida unga javob qaytarishim kerakmi? Bu mening ishim emas. U ham rasmiy shaxs. Ular ham o'zlarining ishlarini juda yaxshi bilishadi. Yurgenni qattiq hurmat qilaman. O'yinlar davomida u bilan hali biror muammo bo'lganicha yo'q"

Jamoaning holati haqida

"Liverpul"da jarohatlar ko'p bo'lsa-da, biz o'zimizni omadli deb hisoblamaymiz. Bizda ham jarohatlar etarlicha. Futbol shunday - jarohatlardan qocha olmaysiz. Ertaga futbolchilar testdan o'tishadi va o'yinga tayyorgarlikning yana bir qismidan o'tamiz. "Bernli"ga qarshi o'yindan keyin lat egan bir necha futbolchilarim bor. Ularning maydonga tushishinin kafolat bera olmayman".

Qaytaraman, bu o'yinda jamoalarning qanday holatda ekanligi inobatga olinmaydi, bahonalar o'tmaydi. O'zimizga ishonyapmiz. Biz sovringa davogarlarmiz, ular esa - amaldagi chempionlar. O'yinda qanday natija qayd etilishini taxmin qila olmayman, muhimi, yakunda ijobiy kayfiyatda bo'lishni istayman".

Sovrinni himoya qilish haqida

"Yunayted"da futbolchi bo'lib o'ynab yurgan kezlarimda amaldagi chempion sifatida maydonga tushsak, har bir uchrashuv biz uchun final kabi o'tardi. CHunki hamma jamoalar chempionni yutishni istashadi. "Liverpul"da ham holat shunday. "Enfild"ga o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatish uchun kelyapmiz"

"Liverpul"ning darajasi haqida

"O'tgan yilgiga qaraganda yaxshiroq holatdamiz. O'tgan mavsumda van Deykning boshi bilan yo'llagan zarbasi va qarshi hujumdan gol o'tkazib yuborganmiz. Lekin jamoalar teng o'yin namoyish qilishgandi. Ushbu mavsumdagi turnir jadvaliga qarasak, biz ularga raqobat qila oladigan darajaga kela oldik. O'tgan mavsumda barchasi qiyin edi. Ayni damda birdaniga 6-7 jamoa peshqadamlik uchun davogarlik qilayotgan bo'lsa, o'tgan mavsumda ular soni ikkita edi".

G'alaba qozongan jamoa peshqadam bo'ladi

"Har bir jamoa o'yinga g'alaba uchun maydonga tushadi. Biz ham bir kun kelib, "Liverpul"ni yutarmiz. Ammo hozirda biz ham yuqori ishtiyoqdamiz. Balkik yuta olmasmiz. Ammo "Liverpul"ning imtixonidan o'tishga harakat qilamiz".

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика