"Liverpul"ning bir yo'la 7 futbolchisi "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvda qatnashmasligi mumkin
10 jan 2020 21:42
Yangiliklar
"Liverpul"ning bir yo'la 7 futbolchisi "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvda qatnashmasligi mumkin
APLning 22-turi doirasida "Tottenxem"ga qarshi o'yindan oldin "Liverpul"da kadrlar muammosi bor.
"Express" xabariga ko'ra, ushbu uchrashuvni Joel Matip, Deyan Lovren, Nataniel Klayn, Fabino, Jeyms Milner, Nabi Keyta va Jerdan SHakiri kabi futbolchilar o'tkazib yuborishi mumkin. Bir necha futbolchilarning kichik jarohati bo'lsa, ayrim o'yinchilar ayni damda lazaretda bo'lib turibdi.
"Tottenxem" - "Liverpul" uchrashuvi ertaga slat 22:30da boshlanadi.
Fikrlar