"Liverpul"ning bir yo'la 7 futbolchisi "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvda qatnashmasligi mumkin

Mirjalol Normatov
10 yanv 2020, 21:42
APLning 22-turi doirasida "Tottenxem"ga qarshi o'yindan oldin "Liverpul"da kadrlar muammosi bor.

"Express" xabariga ko'ra, ushbu uchrashuvni Joel Matip, Deyan Lovren, Nataniel Klayn, Fabino, Jeyms Milner, Nabi Keyta va Jyerdan Shakiri kabi futbolchilar o'tkazib yuborishi mumkin. Bir necha futbolchilarning kichik jarohati bo'lsa, ayrim o'yinchilar ayni damda lazaretda bo'lib turibdi.

"Tottenxem" - "Liverpul" uchrashuvi ertaga slat 22:30da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express