“Liverpul”ga barqarorlik etishmayapti
23 jan 2021 08:56
Yangiliklar


“Liverpul”ga barqarorlik etishmayapti
APL so'nggi turida amaldagi chempion “Liverpul” o'z uyida “Bernli”ga (0:1)yutqazib qo'ygandi.
Yurgen Klopp jamoasi o'tgan mavsumda aynan 19 turdan keyin hozirgidan 21 ochko ko'p jamg'arishga erishgandi. CHempionlik mavsumida 19 uchrashuvdan “Liverpul” 55 ochko to'plagan bo'lsa, joriy mavsumda shuncha bellashuvdan keyin 34 ochko yig'ishning uddasidan chiqishgan.
Angliya premer ligasi tashkil topganidan buyon chempionlik mavsumidan keyingi mavsumda eng yomon ko'rsatkichni “CHelsi” qayd etgan. O'shanda londonliklar chempionlikni nishonlagan mavsumdan keyingi mavsumda 19 turdan keyin avvalgi yilgi ochkolaridan 26 ochko kamroq to'play olishgan, xolos.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar