Liverpul yozda Salohni bittagina sabab bilan sotishi mumkin
07 apr 09:55
Yangiliklar
Liverpul yozda Salohni bittagina sabab bilan sotishi mumkin
Liverpul yozda jamoa etakchisi Muhammad Saloh bilan xayrlashishi mumkin.
Agarda misrlik futbolchi bilan yozda yangi kelishuvga erisha olmasa. Yozda inglizlar Saloh bilan yangi kelishuv bo'yicha muzokaralarni boshlaydi. Salohning amaldagi shartnomasi esa 2025 yilda yakunlanadi. Agar barchasi ijobiy yakunlanmasa, Saloh 100 million evro atrofidagi narxga sotib yuboriladi.
Eslatib o'tamiz, Salohga Saudiya Arabistonining bir qator klublaridan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda.
Saloh joriy mavsum barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 22 ta gol va 13 ta golli uzatma bor.
Fikrlar