"Liverpul" yarim himoyachisi yozda jamoadan ketishi mumkin
08 fev 2020 11:17
Yangiliklar


"Liverpul" yarim himoyachisi yozda jamoadan ketishi mumkin
Yarim himoyachi Adam Lallana mavsum yakunlangandan so'ng "Liverpul"dan ketishi mumkin.
Angliyalik xavbekning mersisaydliklar bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etmoqda, uni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borilmayapti.
31 yoshli o'yinchi bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolashni xohlayotganlar orasida "Lester", "Tottenxem" va "Arsenal" klublari bor.
Eslatib o'tamiz, Lallana "Liverpul"ga 2014 yilda "Sautgempton"dan 31 million evro evaziga o'tgan edi.
Futbolchi joriy mavsum "qizillar" tarkibida 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar