"Liverpul" yangi mavsumdan Adidas bilan hamkorlik qilishni boshlaydi
23 okt 01:06
Yangiliklar
"Liverpul" yangi mavsumdan Adidas bilan hamkorlik qilishni boshlaydi
"Liverpul" klubi Adidas kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydi. Nemis kompaniyasi 2025-2026 yildan boshlab ingliz klubining texnik hamkoriga aylanadi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda. Klub va kompaniya tahminan yiliga 60 mln funtlik bitim imzolashadi.
"Liverpul"ning rejasiga ko'ra bu bitim "Arsenal", "Man Siti" "CHelsi" kabi klublariga bu jabhada tenglashib olishga yordam beradi. Yuqorida sanalgan klublar Adidas, Puma va Nike kompaniyalari bilan 60-65 mln funtlik shartnomaga egalar.
Ayni damda "Liverpul" klubining texnik hamkori Nike hisoblanadi. O'rtadagi bitim shu mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. "Liverpul" Nike bilan hamkorlikdan yiliga 30 mln funt va klub liboslari sotuvlardan tushgan pulning 20% miqdorida daromad ko'rmoqda .
Fikrlar
(Havolani nusxalang va brauzeringizga joylashtiring)