"Liverpul" Xolandning agenti bilan muzokaralar olib bormoqda
13 sen 2021 17:16
Yangiliklar
"Liverpul" Xolandning agenti bilan muzokaralar olib bormoqda
"Liverpul" "Borussiya" hujumchisi Erling Xolandning 2022 yilning yozidagi transferi borasida agent Mino Rayola bilan muzokaralar olib bormoqda.
"Liverpul"dan tashqari Xolandga shuningdek "Barselona", "Real", "Bavariya", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda.
Ushbu klublarning barchasi kelasi yilda o'yinchini xarid qilish huquqi 75 mln evro bo'lganda, u bilan shartnoma imzolashga harakat qilishadi.
Eslatib o'tamiz, Xolnad "Borussiya"ga 2020 yilda "Zalcburg"dan 20 mln evro evaziga o'tgandi. U joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Fikrlar