

"Liverpul" klubi jamoaning asosiy himoyachisi Virjil van Deyk bilan yangi shartnoma imzolash harakatlarini boshlab yuborgan. Niderlandiyalik himoyachining "Liverpul" bilan amaldagi bitimi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
TBR Football nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Liverppul" va van Deyk o'rtasida yangi bitim imzolash jarayoni faqat vaqt masalasi hisoblanadi. Klub bu jarayonni ramziy tarzda 27 dekabr kuni amalga oshirmoqchi. Chunki van Deyk aynan 2017 yilning 27 dekabr kuni "Sautgempton"dan "Liverpul"ga o'tgandi
Ma'lumot uchun, van Deyk ushbu mavsum "Liverpul" safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol va bitta assist qayd etdi.



