"Liverpul" Torresni jamoaga olib kelmoqchi
21 iyu 2020 11:08
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582374_original.jpg)
![](/upload/storage/582374_220.jpg)
"Liverpul" Torresni jamoaga olib kelmoqchi
"Valensiya" yarim himoyachisi Ferran Torres "Liverpul" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Qizillar" 20 yoshli ispaniyalik futbolchini yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin bo'lgan Jerdan SHakiriga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.
"Ko'rshalaklar" esa Torres bilan 100 million evro evaziga xayrlashishga tayyorlar, aynan shu mablag' futbolchining shartnomasida tovon puli sifatida ko'rsatilgan.
Eslatib o'tamiz, o'yinchiga "Real", "Borussiya" (Dortmund) va PSJ klublari ham davogarlik qilmoqda.
Ferran joriy mavsum La Liga doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar