"Liverpul" Torresni jamoaga olib kelmoqchi

Alisher
21 iyul 2020, 11:08
"Valensiya" yarim himoyachisi Ferran Torres "Liverpul" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Qizillar" 20 yoshli ispaniyalik futbolchini yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin bo'lgan Jyerdan Shakiriga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.

"Ko'rshalaklar" esa Torres bilan 100 million evro evaziga xayrlashishga tayyorlar, aynan shu mablag' futbolchining shartnomasida tovon puli sifatida ko'rsatilgan.

Eslatib o'tamiz, o'yinchiga "Real", "Borussiya" (Dortmund) va PSJ klublari ham da'vogarlik qilmoqda.

Ferran joriy mavsum La Liga doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mirror