"Liverpul" so'nggi 16 yilning eng yomon natijasini qayd etdi
18 jan 2021 01:05
Yangiliklar


"Liverpul" so'nggi 16 yilning eng yomon natijasini qayd etdi
Mersisaydning "Liverpul" klubi Angliya chempionatining 19-turida "Manchester Yunayted" bilan durang o'ynadi (0:0).
SHu tariqa Yurgen Klopp jamoasi APLning qatorasiga 3 o'yinida gol ura olmadi (bunga qadar "Sautgempton" (0:1) va "Nyukasl (0:0).
Bu "qizillar" uchun 2005 yilning fevral-mart oylaridan keyin qayd etilgan eng yomon seriya. O'shanda "Liverpul"ni Rafa Benites boshqarar edi.
Angliyaning amaldagi chempioni keyingi turda "Byornli" bilan to'qnashadi. Bu o'yin 21 yanvar kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar