"Liverpul" sobiq sardori: "Anchelotti Klopp bilan bir xil darajada"
22 iyu 2020 10:17
Yangiliklar
"Liverpul" sobiq sardori: "Anchelotti Klopp bilan bir xil darajada"
"Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karrager APL 30-turi doirasidagi Mersisayd derbisida qayd etilgan nursiz durang (0:0)dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Everton" raqobat qilishni xohlaydi va Anchelottidek murabbiyning bosh murabbiylikka tayinlanishi oldinga tashlangan qadamdir. Albatta, Anchelotti "Liverpul" murabbiyi [Klopp] bilan bir xil darajada va bunga shubha yo'q.
U o'ziga mos keladigan futbolchilarni jamoaga jalb qilish uchun imkoniyatga egami degan savol tug'iladi. Top-6'ga kirish oson emas, buning shunchaki katta pul emas, aqlbovar qilmas pul kerak bo'ladi.
Yangi stadionni ochish - "Everton" uchun katta ish, shunda ular top-o'yinchilarni o'z tarkiblariga jalb qilishlari va haqiqatdan ham top-4 uchun kurashishlari mumkin. Hozir esa bu imkonsiz, ammo 1-2 yildan keyin bu bo'lishi mumkin", - deydi Karrager.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar