"Liverpul" sobiq murabbiyi "Lester"ni boshqarishga rozi bo'ldi
26 fev 2019 22:30
Yangiliklar


"Liverpul" sobiq murabbiyi "Lester"ni boshqarishga rozi bo'ldi
"Seltik" jamoasini boshqarib kelayotgan Brendan Rojers "Lester" bilan kelishib oldi.
Sky Sports nashrining malumotiga ko'ra, 46 yoshli mutaxassis ingliz klubida ish boshlash uchun og'zaki ravishda rozilik bildirgan. Ayni vaqtda Rojers Lesterda va klub rahbariyati u bilan shartnoma masalasida muzokara o'tkazmoqda.
24 fevral kuni "Lester" o'z maydonida "Kristal Pelas" klubiga yirik mag'lubiyatga (1:4) uchragandan keyin Klod Pyuelni istefoga chiqargandi.
Brendan Rojers "Liverpul" bilan 3 yil (2012-2015 yillar) hamkorlik qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar