“Liverpul” "Real Sosedad" yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
09 noy 2021 10:00
Yangiliklar
“Liverpul” "Real Sosedad" yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Real Sosedad" xavbeki Mikel Merino faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp jamoaning markaziy yarim himoyasini kuchaytirmoqchi. Avvaliga mersisaydliklar “Borussiya D”ning iqtidorli futbolchisi Jud Bellingemga qiziqayotgandi, ammo uning transfer narxi ancha qimmat (120 mln evro) bo'lgani tufayli Merino varianti ko'rib chiqiladigan bo'ldi.
25 yoshli ispaniyalik joriy mavsum klub libosida 17 o'yinda qatnashib, 3+4 natija qayd etib turibdi. Futbolchi 2018 yildan beri "Real Sosedad" sharafini himoya qiladi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil yozigacha mo'ljallangan, transfer narxi esa 40 mln evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar
22:13
La Liga. "Real" o'z uyida "Las-Palmas"ni mag'lub etib, jadvalda birinchi o'ringa chiqib oldi 111
Fikrlar