"Liverpul" "Portu"ga qarshi o'yin uchun qaydnomani elon qildi
16 apr 2019 20:14
Yangiliklar


"Liverpul" "Portu"ga qarshi o'yin uchun qaydnomani elon qildi
Angliyaning "Liverpul" klubi CHempionlar ligasi 1/4 final javob uchrashuvi doirasida "Portu"ga qarshi kechadigan bahs uchun qaydnomani elon qildi.
Ro'yxat klub rasmiy saytida chop etildi. Himoyachi Deyan Lovren jarohat sabab, Aleks Oksleyd-CHemberlen esa tiklanish uchun qo'shimcha mashg'ulotlar berilgani bois uchrashuvni o'tkazib yuborishadi. Qaydnomadan esa 21 nafar o'yinchi joy olgan.
Darvozabonlar: Alisson, Minole, Kellexer;
Himoyachilar: van Deyk, Gomes, Moreno, Robertson, Matip, Aleksandr-Arnold;
Yarim himoyachilar: Fabinyu, Vaynaldum, Milner, Keyta, Xenderson, Lallana, SHakiri;
Hujumchilar: Firmino, Mane, Salah, Starrij, Origi.
"Liverpul" va "Portu" o'rtasidagi birinchi bahs 2:0 hisobida Klopp shogirdlarining g'alabasi bilan yakunlangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar