"Liverpul" paradida 750 ming kishi ishtirok etdi (shahar aholisi - 513 ming): Avtobus xatto shahar chetida ham bo'ldi
03 iyu 2019 18:45
Yangiliklar
"Liverpul" paradida 750 ming kishi ishtirok etdi (shahar aholisi - 513 ming): Avtobus xatto shahar chetida ham bo'ldi
CHempionlikni tonggacha nishonlagan liverpulliklar tushlikkacha uxlashdi. Bu vaqt ichida shahar tartibga keltirildi, "Evropa chempionlari 2019" yozuvi tushirilgan minglab futbolkalar chiqarildi va CHempionlar ligasi kubogi shaklidagi yuzlab sharlar tayyorlandi.
Kimdir chempionlarnikiga o'xshash yuzlab medallar tayyorladi: Bolalar uni katta quvonch bilan sotib olishdi.
Final kuni Liverpulda 25 ming kishi bayram uyushtirdi, ammo paradda bundan bir necha marta ko'proq ishqiboz bo'lishi kutilgan edi.
Omadli muxlislar 2 iyun tongida ispan loukosterlari (arzon samolyotlar) orqali Liverpulga qaytib kelishdi. Bortda bo'lganlarning aytishicha, samolyot qo'nishi bilan uchuvchi You’ll never walk alone qo'shig'ini yoqdi va tun davomida uxlamagan uchoqdagi muxlislar yana bir bor baxtdan yig'lab yuborishdi.
Angliyada chempionlik paradi boshqa mamlakatlardan o'tkaziladigan joyi, muxlislar soni va uning oxirida bo'ladigan koncert bilan farq qiladi. Bunday tadbirlar karnavallarni eslatib yuboradi, minglab bolakaylar jamoa formasida bo'lishadi, bazi ishqibozlar esa simyog'och va svetoforlarga chiqib olishadi.
To'rt yil ichida Angliyada to'rt xil nishonlash bo'ldi.
"CHelsi" 2015 yilda London g'arbini aylandi va ananaga ko'ra karaviz (selderey) otishdi, ammo "Stemford Brij" atrofidagi tumanlarda baqir-chaqir bo'lmagan.
"Manchester Siti" 2018 yilda "Centurionlar" nomli bannerlar osilgan markaziy ko'chalarni aylanib, paradni koncert bilan yakunlagan edi.
"Lester" 2016 yilda uyushtirgan tadbirda Angliya futboli tarixidagi eng ajoyib kecha bo'lgan: 300 ming kishilik shaharda 250 ming ishiqiboz bayram qilgan.
Xatto Liverpuldagi aqldan ozdiradigan paradham "Lester"nikidan bir ball past baho oldi desak bo'ladi.
Mersisaydliklarning bayrami boshqalarnikidan parad masofasi bilan farq qildi. Avtobus shahar chetidan yo'lga chiqib, paradni Mersi sohil bo'yida yakunladi.
SHaharda odam juda ko'payib ketgani tufayli, parad masofasi uzaytirildi.
Avtobus manzil oxiriga etib borishidan bir necha soat oldin Liverpul meriyasida quyidagi xabar elon qilindi: "Paradda 500 ming kishi ishtirok etmoqda".
Odamlar atrofdagilar bilan tanishishdi, kutib charchagan bolalarni birgalikda xursand qilishdi.
Mersi qirg'oqlarida shamol kuchayib borardi, ammo odamlar kutishda davom etishdi.
Ikki yarim soatdan so'ng, avtobus yo'lga chiqishi bilan STrenddagi policiyachilar qimirlab qolishdi. Muxlislar jamoa yaqinligini his qilishdi: Bolalarni elkaga chiqarildi, simyog'ochlar yoshlar bilan to'ldi, bino derazasiga Let's talk about six baby plakati ilib qo'yildi.
Jamoa ko'cha boshida ekanligini feyerverkdan va qizil shashkalarning tutunidan bilish mumkin edi. Avvaliga policiya korteji ko'rindi, keyin jurnalistlarga to'la media-avtobus. Navbatdagi mashinada ovoz kuchaytiruvchi uskunalar olib o'tildi. Undan so'ng konfet qog'ozlarini otuvchi mashina o'tdi.
Avtobus ko'cha o'rtasiga etib kelganida, ovoz kuchaytiruvchi uskunalardan YNWA qo'shig'i yangradi, Liver Building minorasi tomidan qizil tutun chiqa boshladi. Ushbu binoni "Liverpul" emblemasidagi qushlar bezab turadi.
Yo'l davomida Yurgen Klopp jurnalistlarga hissiyotlarga boy intervyu berdi va yig'lab yubordi. Futbolchilar uch soat davomida avtobusning ikkinchi qavatidan qo'llarini silkitib, charchoq nimaligini bilishmadi.
Minglab odamlar avtobus ortidan yurishardi. Muxlislar binolar atrofida yugurishdi, to'siqlardan oshib o'tishdi.
Barerlardan biroz uzoqlashib, paradda ishtirok etayotganlar qanchalik ko'pligini ko'rish, uning masshtabini his qilish mumkin edi. Muxlislar deyarli hamma erda.
Avtobus bekatlari, yo'l belgilari ustiga chiqib olgan havaskorlarni unuting. "Liverpul" muxlislari tomlarga chiqib olishdi. Bir guruh ishqibozlar paradni qurilishi yakunlanmagan yopiq binodan tomosha qilishdi.
Hammasi yakunlangandan so'ng policiya navbatdagi yangilik haqida elon qildi: Paradda 750 ming kishi ishtirok etdi. Raqamlar oshirib yuborilganga o'xshardi (Liverpul shahri aholisi - 513 ming kishi), ammo vokzalni ko'rganingizda, raqamlar haqiqatligiga ishongan bo'lardingiz. O'n minglab muxlislar to'lib qolgan poezdlarda shaharni tark etishga urinishdi.
Avvalroq qo'yilgan bahoni o'zgartiramiz, chunki bu tarixdagi eng yaxshi chempionlik paradlaridan biri bo'ldi.
10 baho.
Fikrlar