“Liverpul” Mbappe uchun kurashga kirishmoqchi Yangiliklar

“Liverpul” Mbappe uchun kurashga kirishmoqchi

Mersisaydliklar futbolchi uchun 200 million funt sterlingdan voz kechishlari mumkin.

El DesMarque xabariga ko'ra, “Liverpul” PSJ futbolchisini taklif etish variantini ko'rib chiqmoqda.  Bu yo'lda “qizillar” Madridning “Real” klubi bilan kurash olib borishlariga to'g'ri keladi. Sababi qirollik klubi ham 20 yoshli francuz futbolchisini qo'lga kiritishga ahd qilgan.

“Liverpul” futbolchi uchun 215 million funt tikishga rozi, shuningdek Mbappening o'ziga yiliga 34 million funt maosh taklif etmoqchi. Bu transferda “Liverpul”ni ustunlik tomoni shundaki, klub o'tgan transfer oynasida yangi xaridlar uchun u qadar katta mablag' sarflamadi. SHu bois moliyaviy feyr-pley borasida ham “qizillar” Zidan jamoasidan sezilarli ustunlikka egalar.

Mbappe keyingi yilning yozida “Liverpul”ning asosiy nishoniga aylanishi kutilmoqda. Ammo buning uchun Kloppjamoasi hujumdagi etakchi futbolchilaridan biridan, xususan Muhammad Salohdan ayrilib qolishi ham mumkin. O'z navbatida qirollik klubi aynan misrlik futbolchini ham o'z safiga jalb etish niyatida.

Bu orada yana bir qiziqarli holat ham borki, u ham inglizlar foydasiga ishlashi mumkin. Keyingi mavsumda boshlab “Liverpul” jahonga mashhur Nike firmasi bilan hamkorlik qiladi. Kilian Mbappe esa ushbu kompaniyaning elchisi hisoblanadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика

CA ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing