Mbappe kamida 2 oyga safdan chiqdi
05 fev 15:50
Yangiliklar
Mbappe kamida 2 oyga safdan chiqdi
"Real" yulduzi Kilian Mbappening ukasi bo'lgan Itanning o'ng son qismidagi payi qisman uzilgani aniqlandi. Uzilish to'liq bo'lmasa-da, jarohat juda jiddiy hisoblanadi va uzoq tiklanish davrini talab qiladi.
"Foot Mercato" malumotlariga qaraganda, "Lill" yarim himoyachisi kamida 2 oyga safdan chiqdi. Biroq bu muddat to'qimalarning qanday bitishiga qarab uzayishi ham mumkin. Shifokorlar uchun asosiy xavf operaciya ehtimoli edi, chunki u mavsumning muddatidan oldin yakunlanishiga olib kelardi. Hozircha qisman uzilish tashxisi operaciyadan qochishga umid beryapti, ammo davolash protokoli baribir uzoq va murakkab bo'ladi.
Qayd etilishicha, bu holat Mbappe oilasida xavotirli xotiralarni uyg'otmoqda: Itan o'tgan yil may oyida chap oyog'idan shunga o'xshash jarohat olgan, o'shanda operaciya qilinib, 4 oy maydondan chetda qolgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar
Эх сени энангни энасини Уша гап