"Liverpul" markaziy himoyachi izlamoqda. Klub Amerikadan nomzod topdi
30 jan 2021 09:20
Yangiliklar


"Liverpul" markaziy himoyachi izlamoqda. Klub Amerikadan nomzod topdi
"Liverpul" "Nyu-York Red Bulls" jamoasining markaziy himoyachisi Aaron Longga qiziqish bildirmoqda.
"Qizillar" futbolchisi Joel Matip "Tottenxem"ga qarshi o'yinda jarohat oldi. SHu tariqa, klubda jarohat olgan markaziy himoyachilar soni uchtaga etdi. Bundan tashqari, so'nggi paytlarda markaziy himoyaga yaxshigina yordam berayotgan Fabino ham safdan chiqqan.
SHu sababli klub qisqa muddatga 28 yoshli Longni ijaraga olmoqchi. Ammo, hozircha bu borada "Red Bulls"ga rasmiy taklif bo'lgani yo'q.
Long 2018 yildan buyon AQSH terma jamoasi azosi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar