So’nggi yangiliklar

19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  0 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  37 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  8 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  1

"Liverpul" - "Manchester Yunayted". Nursiz durang qayd etildi Yangiliklar

"Liverpul" - "Manchester Yunayted". Nursiz durang qayd etildi

"Liverpul" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi Angliya Premer-ligasining 8-tur uchrashuvi yakunlandi.

"Liverpul" – "Manchester Yunayted" 0:0

"Liverpul": Minole, Matip, Moreno, Gomes, Lovren, Koutino (Starridj, 79), Veynaldum, Firmino (Solanke, 87), Djan, Salax (Oksleyd-CHemberlen, 78), Xenderson.

"Manchester Yunayted": De Xea, Smolling, Darmian, Valensiya, Djons, Yang (Lindelef, 90), Matich, Errera, Mxitaryan (Lingard, 63), Marsyal (Reshford, 65), Lukaku.

Ogohlantirishlar: Smolling (74), Yang (87).


YANGILASH

1. Martin Atkinson xushtagini chaldi va o'yinga start berildi. Olg'a yigitlar! MYU bugun oq rangda, chunki "Liverpul" uy jamoasi sifatida qizil liboslarda maydonga tushdi.

2. Uchrashuvdagi ilk buchrak to'pini Genrix Mxitaryan ijro etdi. Viynaldum to'pni yana chiqarib yubordi. Ikkinchi burchak zarbasi ham qaytarildi, Darmian esa o'zi tomon kelayotgan to'pni to'xtatmay darvozaga zarba berdi. Noaniq.

5. Ander Errera maydon markazida Koutinoni yiqitib, qoida buzdi. Kartochkaga arzimaydigan fol. Atkinson ham shunday fikrda.

6. "Liverpul" darvoza tomon ilk aniq zarba berishga muvaffaq bo'ldi. Viynaldumning zarbasi kuchsiz chiqdi, de Xea qiyinchiliklarsiz to'pni egallab oldi.

7. "Qizillar" asta-sekinlik bilan bosimni oshirishmoqda, pressingda MYU biroz o'zini yo'qotib qo'yyapti.

10. Matip uzoqdan David de Xea qo'riqlayotgan darvozani nishonga olishga urindi, biroq darvoza 5 metr balandda emas. Aks holda hisob ochilgan bo'lardi.

13. To'pga ko'proq mezbonlar egalik qilishmoqda, ammo pozicion hujum uyushtirishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

14. Salax ikki futbolchi orasidan to'pni qabul qilib, uni Viynaldumga uzatdi. Viynaldum darvozaga zarba berdi, biroq de Xea o'ziga kelayotgan to'pni ushlab olishi qiyin bo'lmadi.

16. "Liverpul" pozicion hujumda oqsamoqda, MYU esa qarshi hujumlar uyushtirishni eplay olmayapti.

20. Salax himoyadan to'pni raqib maydoniga olib o'tdi. Bu vaqt ichida u bir necha futbolchini aldab o'tishga muvaffaq bo'ldi. Ammo hujum bartaraf etildi.

22. Marsyal raqib jarima maydonchasi oldida standrart ishladi. To'p qarshisida Genrix Mxitaryan va Eshli Yang. Eshli Yangning uzatmasi jamoadoshlarigacha etib bormadi. Salax bosh bilan xavfni bartaraf qildi.

24. Lukaku o'ng qanotda himoyachini aldab, to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlashga harakat qildi, ammo uzatma noaniq chiqdi.

27. Hozircha uchrashuv xavfli vaziyatlarga boy o'tmayapti, biroq bitta gol bu muammoni hal qilishi mumkin.

30. Matich darvoza tomon 26 metr uzoqlikdan zarba berdi. Biroq biroz aniqlik etishmadi.

32. Mxitaryan raqib himoyachisining xatosidan foydalanishga urindi. Genrix to'pni olib qo'yishi bilan darvoza tomon zarba berdi, biroq to'p himoyachiga tegdi va xavf yo'qqa chiqdi.

34. Koutino to'pni Salaxdan oldi va uni qaytarish o'rniga darvozaga zarba berdi. Bu zarbadan faqat burchak zarbasi ishlab olindi. Burchak zarbasi o'yinga kiritildi. Firmino jamoadoshidan to'pni uzoqroqda qabul qilib, qanotdan to'pni markazga kiritdi. "Liverpul" futbolchilarining ikki zarbasi juda xavfli ko'rinish oldi, ammo birida darvozabon MYUni qutqardi, ikkinchisi esa darvoza yonidan o'tib ketdi.

36. Romelu Lukaku "kuchukcha" bo'lishni istamadi va raqibga jiddiy qo'pollik ishlatdi. Martin Atkinson esa bu harakatni kechirdi va faqat og'zaki ogohlantirish berdi.

39. Eshli Yangi o'z jamoasi uchun burchak to'pi ishlab berdi. Uzatilgan to'p hech qanday xavf tug'dirmadi.

41. Salax yana bir bor MYU darvozasiga aniq zarba berdi. Biroq darvozabon uni egallab oldi.

42. Koutino fintlari bilan qarshisidagi futbolchilarni aldab, chaproqdan to'pni jarima maydonchasi ichiga kirgizmoqchi bo'ldi, ammo to'p himoyachi oyog'iga tegib, darvozabon qo'liga tushdi.

43. Salax maydon markazida to'pni oldirib qo'ydi, Marsyal va Lukaku to'p bilan jarima maydonchasiga kirib borishdi, Lukaku darvozaga zarba berdi, bu safar Minoledan seyv.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

Birinchi bo'lim yakunlandi! TANAFFUS!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

47. MYU himoyachisi xatoga yo'l qo'ydi va "Liverpul" futbolchilari tezkor qarshi hujumga o'tishdi. David de Xea ishga kirishdi va bu safar ham o'z joniga oro kirdi.

49. Firmino raqib jarima maydonchasi burchagidan darvozaga zarba berdi. To'p himoyachilarga tegib maydonni tark etdi. Burchak zarbasi. Standart ham yo'qqa chiqarildi.

50. "Liverpul" hujumlarni to'xtatmayapti, MYU esa hozircha hujumlarni bartaraf etish bilan band. MYUning afsonaviy futbolchisi ser Bobbi CHarlton ham "Enfild"da.

52. FirminoooO!!! Koutino to'p uzatayotgan paytda Firmino o'yindan tashqari holatda ekan, ammo shunga qaramasdan Firmino darvozaga bergan zarba qaytarildi. Hakam xushtagidan keyin zarba berildi.

55. "Liverpul" bugun juda ko'p hujum tashkil qildi, ammo avvalgi uchrashuvlardagi kabi vaziyatlardan foydalana olmayapti.

56. EMREE JAAAAN!!! Jo Gomesning qanotdan uzatgan to'pi Emre Janning oyog'iga kelib tushdi, Jan esa to'pni darvozaga burishning o'rniga, uni darvoza ustidan o'tkazib yubordi.

58. Mourino o'zgarish tayyorlamoqda. Lingard maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda va Mourinodan ko'rsatmalar olmoqda.

60. Salax o'z jamoasi uchun burchak zarbasi ishlab berdi.

61. Burchakdan uzatilgan to'p qaytarildi, hujumning ikkinchi to'lqinida Koutino jarima maydonchasi chizig'i ustida yiqildi, biroq Atkinson o'yinni davom ettirishga ruxsat berdi.

65. O'zgarish. Marsyal o'rniga Markus Rashford maydonga tushdi. Oldinroq, Lingard ham o'yinga qo'shilgandi.

66. Salax jarima maydonchasi oldida to'pni qabul qildi va o'girilib, darvozaga ayyorona zarba berdi. Biroq uning zarbasi o'ylaganidek chiqmadi.

67. Gomes maydon markazida to'pni olib qo'yib, tezda uni Firminoga uzatdi. Firmino esa qanotdan to'pni jarima maydonchasiga yumalatdi. "Liverpul" futbolchilari to'pga ulgurishmadi.

70. Maydonga Rashford va Lingard tushgani bilinmayapti.

71. Koutino to'pni Firminoga uzatdi, jarima maydonchasidagi braziliyalik esa to'pni narigi qanotga uzatdi. Salaxning bo'yi etmadi. Stiven Jerrard vaziyatlarni ko'rib, labini tishlamoqda.

78. "Liverpul" safida o'zgarish: Salax o'rniga Oksleyd-CHemberlen. Koutino o'rniga - Starrij.

86. MYU xuddi birinchi bo'limdagidek ikkinchi taymda ham hech narsa qila olmayapti.

87. Eshli Yangi xavfli harakat qilgani uchun sariq kartochka oldi.

87. O'zgarish: Firmino o'rniga Solanke maydonga tushdi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga +3 daqiqa qo'shib berildi.

90+1. Oksleyd-CHemberlen burchakdan uzatgan to'p Lovrenning zarbasi bilan yakunlandi. Noaniq.

90+2. O'zgarish: Eshli Yang o'rniga Viktor Lindelof maydonga tushdi.

90+3. So'nggi burchak to'pi uzatildi, ammo "Liverpul" bu imkoniyatdan ham foydalana olmadi.

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика