"Liverpul" kuchli beshlik chempionatlari orasida rekord o'rnatdi
12 may 2019 22:27
Yangiliklar


"Liverpul" kuchli beshlik chempionatlari orasida rekord o'rnatdi
APLning so'nggi tur bahslaridan so'ng, Liverpul hisobidagi ochkolar soni 97taga etdi va ular chempion Manchester Sitidan bir ochko kam to'plagan holda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Kuchli beshlik birinchiliklari orasida hali birorta ham jamoa mersisaydliklar kabi ochko yig'ib, titulga ega chiqa olmaslik natijasiga erishmagandi.
Bundan avvalgi ko'rsatkich esa, 2010-yilda «Real» tomonidan qayd etilgan. O'shanda «qirollik klubi» 96 ochko to'plab, mavsum g'olibi «Barselona»dan 3 ochkoga ortda qolgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar