"Liverpul" – klublar o'rtasida jahon chempioniga aylangan 2-ingliz klubi
22 dek 2019 02:16
Yangiliklar


"Liverpul" – klublar o'rtasida jahon chempioniga aylangan 2-ingliz klubi
Yurgen Klopp boshchiligidagi "Liverpul" klublar o'rtasidagi JCH finalida Braziliyaning "Flamengo" klubini mag'lub etdi.
Bu inglizlarning mazkur musobaqadagi ikkinchi yirik g'alabasi hisoblanadi. Bunga qadar kubokni "Manchester Yunayted" klubi 2008 yilda qo'lga kiritgandi. Musobaqaning 2012 yilgi finalida esa "CHelsi" Braziliyaning "Korintians" klubiga yutqazib qo'ygandi (0:1).
"Liverpul" ham turnirning 2005 yilgi finalida "San-Paulu"(0:1) jamoasiga imkoniyatni boy bergan edi.
Malumot uchun, klublar o'rtasidagi jahon chempionligini 12 marta Evropa, 4 marta Janubiy Amerika klublari qo'lga kiritgan. Osiyo, Okeaniya va Afrika jamoalari hisobidagi kuboklar soni – 0.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar