So’nggi yangiliklar

12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  4 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  1 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  4 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  1 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  1 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   7 10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  13 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  8 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  4 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  3 08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  19 07:38Санчо Европанинг ТОП клубига кўчиб ўтиши мумкин  1 01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  6 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  1

"Liverpul" katta o'zgarishlar yoqasida. Klubda nimalar bo'lmoqda? Yangiliklar

"Liverpul" katta o'zgarishlar yoqasida. Klubda nimalar bo'lmoqda?

Hamma JCHni kuzatayotgan tomosha qilayotgan bir paytda "Liverpul"da umumiy fonda avvaliga unchalik sezilmaydigan muhim voqealar sodir bo'lmoqda.

"Qizillar" lagerida o'zgarishlar ro'y bermoqda va hammasining yaxshi tomonga o'zgarishi aniq emas. Mersisaydliklar jamoaning shakllanishi va rivojlanishiga hissa qo'shgan malakali mutaxassislarni yo'qotmoqda. Bunga klubni boshqa qo'llarga berishni o'ylayotgan rahbariyatning qarori tasiri bo'lishi mumkin.



Hammasi Fenwey Sports Group (FSG)ning "Liverpul"ga tomonlardan investiciya kiritilishining tayyorligi yoki to'liq sotilishini elon qilishidan boshlandi. OAV xabariga ko'ra, klub asosan transfer bozori daromadiga tayanadigan FCG boshqaruv modeli o'z nihoyasiga etmoqda va endi bu avvalgidek samarali bo'lmasligi mumkin deb hisoblamoqda.

Fenwey Sports Group'ning klubni sotishga tayyorligi haqidagi bayonoti malum qarorlarga olib keldi. Birinchisi – Mayk Gordonning odatdagi faoliyatdan ketishi. U "Liverpul"ning ikkinchi yirik akciyadori va klubning kundalik faoliyatidagi masul shaxs edi. U "qizillar" uchun ehtimoliy xaridorlarni izlash uchun o'zining majburiyatlaridan voz kechmoqda.



Gordon "Liverpul"ning so'nggi yillardagi muvaffaqiyatlarida asosiy figuralardan biri bo'lgandi. U Bostondagi FSG ofisi va Mersisaydni bog'lovchi bo'lib ishlagan. Aynan Yurgen Kloppni aprel oyida yangi shartnoma imzolashga ko'ndirgan inson Gordon edi. U shuningdek klubda sport direktori lavozimini yaratish tarafdori bo'lgan holda Maykl Edvardsni ushbu joyga olib keldi, bu esa ko'plab yaxshi bitimlarga sabab bo'ldi.

Gordon yangi faoliyatga o'tganidan ko'p o'tmay, "qizillar"ning amaldagi sport direktori Julian Uord mavsum so'nggida klubni tark etishini elon qildi. Boshqaruvchining qarori rahbariyat uchun katta kutilmagan qaror bo'ldi. Uord sport direktori sifatida atigi 5 oy ishlagan bo'lsa ham, ushbu lavozim vazifalarini ancha oldin bajara boshlagandi. U yuqorida tilgan olingan Edvardsning o'rnini egalladi, u esa hamkasbini bu lavozimga oldindan tayyorlagandi.



Uord aslida mersisaydliklarning sport direktori vazifalarini o'tgan mavsumdayoq Edvars kuzatuvi ostida bajargandi. U bosh skaut Barri Xanter va selekciya bo'limi boshlig'i Deyv Fallouz bilan birga yanvarda "Portu"dan Luis Dias bilan shartnoma imzolanishi ustida ishlagan. Uord shuningdek iyul oyida imzolangan Muhammad Salahning yangi shartnomasi borasida ham muzokaralar olib borgan.

Bundan tashqari, Uord "Benfika"dan Darvin Nunes bilan shartnoma imzolashdagi raqobatda boshqa klublarni yutdi. U shuningdek Sadio Mane "Liverpul" bilan shartnomasini uzaytirmasligi aniq bo'lgancha, senegallikning "Bavariya"ga o'tishini nazorat qilgan. Klopp Uordning qolishini xohlaganlar orasida bo'lgani mantiqiy. U va Edvards bilan mutaxassis muvaffaqiyatli tarzda transferlar ustida ishlagan. Xanter va Fallouz nemisning qo'l ostida qolmoqda. biroq ularning bitta jamoada qancha ishlashi nomalum.



Angliyada Uordning ketish qarori FSG'ning klubni sotishga tayyorligi bilan bog'liq deya takidlashmoqda. Boshqaruvchi uzoq vaqt davomida yaxshi tashkil etilgan jamoaning bir qismi edi, bu esa yangi rahbariyat kelishi bilan o'zgarishi mumkin. Uord tavakkal qilishni xohlamaydi va hammasini boshidan boshlamoqchi. Va u yagona emas. Uordning klubdan ketishi haqidagi bayonotdan so'ng birdan klubni "qizillar"dagi yana bir muhim inson Ayan Grem tark etishi malum bo'ldi. U futbol tadqiqotlari direktori lavozimida ishlagandi.

Grem ham mavsum so'nggida mersisaydliklar safini tark etadi va rahbariyatga tegishli arizani topshirib bo'lgan. U klubda 2013 yildan beri ishlaydi. Grem "Liverpul" uchun potencial muhim futbolchilarni qidirayotgan tahlilchilar jamoasini boshqaradi. Mutaxassis iyun oyida o'z lavozimidan rasman ketgan, ammo AXA o'quv markazida 12 kishidan iborat jamoani boshqarishda davom etmoqda.

Gremni "Liverpul"ga Edvards olib kelgan. U klub tahlilini yangi bosqichga olib chiqdi va uni "qizillar"ning tarkibni kuchaytirish ishlarida muhim vositaga aylantirdi. Mutaxassis mersisaydliklarning klub faoliyatiga Moneyball tushunchasini kiritdi, bu esa minimal harajat evaziga natijalarni maksimal darajaga yaxshilashni nazarda tutadi. "Liverpuul" Gremning shaxsiy tavsiyasiga ko'ra "Roma"dan Muhammad Salah bilan shartnoma imzoladi, uning jamoasi esa "qizillar"ga "Xoffenxaym"da Roberto Firminoni xarid qilishni maslahat berdi.



"Liverpul"da ko'p yillardan beri yangi o'yinchilarni izlash va sotib olish tizimi barqaror ishlamoqda. Ko'pincha ushbu transferlar muvaffaqiyatli yoki kamida o'ta muvaffaqiyatsiz bo'lmagan. Grem, Edvards va Uord mersisaydliklar bosh murabbiyi bilan tarkibni kuchaytirish ustida yaxshi ishlashdi. Yozda "Liverpul"dagi bu jamoadan faqat Klopp qoladi.

Nemis bir necha bor takidlaganidek, natijaga erishish uchun uning atrofidagi har bir inson muhim. Gap faqat murabbiylar shtabi haqida ketmayapti. Klopp u bilan birga yillar davomida jamoani muvaffaqiyatga olib kelgan muhim o'yinchilarni yo'qotmoqda. Klub bilan bundan buyog'iga nima bo'lishi malum emas, u bilan bog'liq barcha uchun insonlar uchun esa bu katta chaqiriq bo'ladi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика