"Liverpul" ikki futbolchi uchun 170 mln. evrodan ortiqroq pul sarflashi mumkin
29 may 2018 13:41
Yangiliklar


"Liverpul" ikki futbolchi uchun 170 mln. evrodan ortiqroq pul sarflashi mumkin
"Liverpul" yozgi transfer oynasida tarkibni yanada kuchaytirish haqida bosh qotirmoqda.
"Qizillar" "Monako"dan himoyachi Fabinoni sotib olganidan so'ng, Franciya chempionatida o'ynaydigan yana ikki futbolchi bilan shartnoma tuzmoqchi. "Liverpul"ning ayni damdagi asosiy maqsadi "Lion" yarim himoyachisi Nabil Fekir va "Monako" xavbeki Toma Lemar. Bu ikki futbolchining umumiy transfer narxi 173 mln. evro (Fekir - 70 mln. evro, Lemar - 103 mln. evro).
24 yoshli Fekir Franciya chempionatining so'nggi mavsumida 30ta uchrashuvda 18ta gol urdi. Lemar esa shuncha bahsda ishtirok etib, 2 marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar