"Liverpul" himoyachisi omadsiz ijaradan so'ng jamoaga qaytdi
04 jan 14:40
Yangiliklar
"Liverpul" o'zining rasmiy veb-saytida "Aberdin"dan himoyachi Ris Uilyamsning muddatidan oldin jamoaga qaytganini elon qildi. Angliyalik futbolchining SHotlandiyadagi faoliyati muvaffaqiyatsiz tugadi.
Futbolchi yarim mavsum davomida SHotlandiya chempionatida ham, evrokuboklarda ham maydonga tushmadi. Bungacha u ijara asosida "Blekpul", "Suonsi" va "Kidderminster" klublarida o'ynagandi.
Uilyams 2011 yildan beri "Liverpul" tizimida harakat qilmoqda. 22 yoshli markaziy himoyachi shu kungacha "qizillar"ning asosiy tarkibida 19 ta o'yinda ishtirok etdi.
Fikrlar