"Liverpul" "CHelsi"ga qarshi o'yin oldidan qanday yo'qotishlarga ega?
04 apr 2023 11:29
Yangiliklar


"Liverpul" "CHelsi"ga qarshi o'yin oldidan qanday yo'qotishlarga ega?
Hamma futbolchilar ham bahsga tayyor emas.
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 8-turidan o'rin olgan "CHelsi"ga qarshi o'yin oldidan jamoa qanday yo'qotishlarga ega ekanligini aytdi.
"Luis Dias ertangi o'yinda maydonga tushmaydi. U "Arsenal" bilan o'yinga qaytadi, deb ayta olmayman, buning ehtimoli kam. Tiagoga kelsak, keling, yaqin kunlarda qanday holatda bo'lishini ko'ramiz, ammo u bugun aniq maydonga tushmaydi", – dedi mutaxassis.
"CHelsi" – "Liverpul" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar