"Liverpul" APLda 35ta o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti. "Arsenal" rekordigacha 14ta o'yin qoldi
27 dek 2019 12:31
Yangiliklar


"Liverpul" APLda 35ta o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti. "Arsenal" rekordigacha 14ta o'yin qoldi
"Liverpul" Angliya Premer-ligasining 19-turida "Lester Siti"ni yirik hisobda (4:0) mag'lub etdi.
Yurgen Klopp jamoasi Angliya chempionatidagi mag'lubiyatsiz o'yinlari sonini 35taga etkazdi.
"Liverpul" bu ko'rsatkich bo'yicha 34ta bahsda mag'lub bo'lmagan (1968-69) "Lids"dan o'zib ketdi.
Mersisaydliklar Angliya chempionatidagi mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha kuchli to'rtlikka kiradi. Ulardan oldinda "CHelsi" (2004-05 mavsumda 40ta mag'lubiyatsiz o'yin), "Nottingem Forest" (1977-78 yillarda 42ta o'yin) va 49ta bahsda yutqazmagan "Arsenal" bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar