"Liverpul" 3 nafar futbolchisini sotmoqchi
09 noy 2022 10:36
Yangiliklar
"Liverpul" 3 nafar futbolchisini sotmoqchi
Mersisaydlar omadsiz mavsum fonida tarkibni tozalash haqida o'ylab qolishdi.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, "Liverpul" yanvar oyida uch futbolchini transferga qo'yadi. Ushbu ro'yxatga Neyt Fillips, Nabi Keyta va Aleks Oksleyd-CHemberlen kiradi.
Fillips 2016 yildan beri "Liverpul" tizimida harakat qiladi, biroq "qizillar" ko'pincha uni ijaraga berishadi. Ammo qolgan ikki futbolchi uchun mersisaydlar yirik mablag' to'lashgan, lekin ulardan shunga yarasha foyda ko'rishmagan. Nabi Keytaning transferi "Liverpul"ga 60 million evroga tushgan bo'lsa, Oksleyd-CHemberlenni xarid qilish uchun 38 million evro to'langan.
Fikrlar