"Liverpul" 17 yoshli futbolchi uchun bo'layotgan kurashda etakchi
25 iyu 2019 17:01
Yangiliklar


"Liverpul" 17 yoshli futbolchi uchun bo'layotgan kurashda etakchi
Gollandiyaning "Zvolle" klubi himoyachisi Zepp van den Berg shu yozda "Liverpul"ga o'tishi mumkin.
17 yoshli futbolchini shuningdek Amsterdamning "Ayaks" hamda Myunxenning "Bavariya" klublari ham kuzatmoqda. Ammo o'yinchining o'zi esa omadini Angliyada sinab ko'rmoqchi.
Zepp van den Berg yakunlangan mavsum Gollandiya chempionati doirasida 15ta o'yinda maydonga tushgan. Murabbiy uni bir necha marotaba o'ng qanot himoyasida o'ynatdi.
O'yinchi 2018 yildan beri Gollandiyaning 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoasi harakat qilib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar