So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

LIVE. Mersisayd derbisi. 90+5-daqiqada kiritilgan gol "Liverpul"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

LIVE. Mersisayd derbisi. 90+5-daqiqada kiritilgan gol "Liverpul"ga g'alaba keltirdi

Angliya Premer-ligasining 17-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mersisayd derbisida “Everton” va “Liverpul” o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritishyapti.

Angliya chempionat. 17-tur

Everton – Liverpul 0:0 (ikkinchi bo'lim)

20 dekabr, 01.00. “Gudison Park” stadioni

“Everton”: Stekelenburg (Robles, 63), Uilyams, Beyns, Funes Mori, Koulmen, Barkli, Guye, Makkarti (Barri, 46), Lennon, Lukaku, Valensiya (Kelvert-Lyuin, 73).

“Liverpul: Minole, Klayn, Lovren, Klavan, Milner, Xenderson, Lallana (Jan, 82), Mane, Veynaldum, Firmino, Origi (Daniel Starridj, 82).

Bosh hakam: Maykl Din

Ogohlantirish: Barkli 68, Koulmen 69, Guye 85 - Lovren 56 


- Aynan mana shu uchrashuv 17-turga yakun yasab beradi. Jamoalar turnir jadvalida qaysi o'rinlarni egallab turishlaridan qatiy nazar, uchrashuv keskin va murosasiz kechadi. Bugungi o'yin ham bundan mustasno bo'lmayapti. 

- Uchrashuvning 20 daqiqasi ortda qoldi. Bir jamoaning yaqqol ustunligi sezilmayapti. 

- Jamoalar shu paytgacha 226 marotaba to'qnash kelishgan. 89ta o'yinda "Liverpul" g'alaba qozongan. 66ta bahsda "Everton" ko'chasida bayram bo'lgan. 71ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan.  

- So'nggi bor bu ikki klub shu yilning 20 aprel kuni to'qnash kelishgan. "Enfild Roud"da o'tgan uchrashuvda "Liverpul" 4:0 hisobida zafar quchgan edi. 

- Bugun durang natija bo'lmaydigan ko'rinadi. Angliyada ochiq futbol o'ynashadi va sizu biz bugun gol ko'rsak kerak

- 27-daqiqa. Veynaldumning zarbasi noaniq chiqdi. Bu mehmonlar tomonidan darvozaga berilgan ilk zarba edi. "Everton"da darvoza tomon tepilgan zarbalar soni 2ta, hozircha....


34-daqiqa. "Liverpul" zaxirasidan o'rin olgan Starridj chigalyozdi mashqlarini boshlab yubordi

36-daqiqa. Koulmen o'ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatgan to'pi Xendersonning qo'liga tegdi. Lekin bu penalti emasdi. Boisi, to'p qo'lni topdi. Angliya chempionatida bunday vaziyatlarga hakamlar qayrilib ham qaramaydi. Nazarimizda, Din to'g'ri qaror qabul qildi. 

43-daqiqa. O'yindagi dastlabki burchak to'pi amalga oshirildi. "Everton" futbolchilari standart vaziyatdan foydalana olishmadi.

45-daqiqa. Asosiy vaqtga bir daqiqa qo'shib berildi.

46-daqiqa. Mayk Din ikkinchi boshlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. "Everton" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi. Makkarti o'rniga Barri maydonga tushirildi. 

49-daqiqa. Fermino "Liverpul"ni hisobda oldinga olib chiqishga juda yaqin kelgandi. Stekelenburg muqarrar goldan qutqarib qoldi. 

50-daqiqa. Golning hidi kelyapti. "Liverpul" hisobni ochadiyov bu ketishdi 

53-daqiqa. Lukaku bosh bilan "Liverpul" darvozasini ishg'ol qilishga urinib ko'rdi. Belgiyalik hujumchining zarbasi aniq chiqmadi

56-daqiqa. Lukakuni to'xtatib qolgani uchun Lovren ogohlantirildi. Bu uchrashuvdagi ilk sariq kartochka bo'ldi

59-daqiqa. Turnir jadvalida "Liverpul" 34 ochko bilan uchinchi, "Everton" esa 23 ochko bilan 9-o'rinni egallab turibdi. Agar bugun "Everton" g'alaba qozona olsa, 7-o'ringa ko'tarilib oladi. 

60-daqiqa. O'z o'rnida "Liverpul" bugun zafar quchsa, "Manchester Siti"ni ortda qoldirib, 2-o'ringa ko'tariladi. 

63-daqiqa. Beyns bilan to'qnashib ketgan Stekkelenburg bilan jarohat oldi. "Everton" darvozaboni o'yinni davom ettira olmaydi. Gollandiyalik posbon o'z o'rnini Xoelga bo'shatib berdi


66-daqiqa. Garet Berri Angliya Premer-ligasida o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha ikkinchi o'ringa chiqib qoldi. Bugun Berri 610-uchrashuvini o'tkazyapti. U bugun Frenk Lempardni quvib o'tdi. Lempardda 609ta o'yin bor edi. Rayan Giggz 632ta uchrashuv bilan yaqqol peshqadam. 

73-daqiqa. Valensiya o'rniga maydonga 19 yoshli Kelvert-Lyuin tushirildi. Bu "Everton"ning so'nggi o'yinchi almashtirilishi. Bundan avvalga ikki o'zgarish majburiy tarzda amalga oshirilgandi. 

80-daqiqa. Robles jamoasi muqarrar goldan qutqarib qoldi. Lallana Xendersonning burchakdan uzatib bergan to'pini darvozaning pastki burchagiga yo'naltirgandi

90-daqiqa. So'nggi daqiqa davom etmoqda. "Liverpul" katta kuch bilan oldinga tashlangan

- Din oz emas, ko'p emas, asosiy vaqtga 8 daqiqa qo'shib berdi. To'xtalishlar bo'ldi. Lekin 8 daqiqa ko'p. Ammo, Angliya uchun bu norma))))

90+3. Lukaku "Everton"ning kam sonli hujumlaridan biri gol bilan yakunlashi mumkin edi.

90+5. GOOOOOL. Lobresning xatosi sabab Mane hisobni ochdi.  


- Bo'ldi tamom. "Liverpul" juda muhim g'alabaga erishib, turnir jadvalida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Etiboringiz uchun rahmat. "Liverpul" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика