Lionel Messi: "Suaresning bizga qo'shilgani juda yaxshi ish bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
26 sen 2014, 10:17
"Barselona" hujumchisi Lionel Messining fikricha, jamoaga Luis Suares qo'shilganidan so'ng, jamoa turli hil taktikalarda o'ynay olishi mumkin.
"Suares bizga qo'shilgani juda yaxshi bo'ldi. Jamoa sifatida ancha kuchaydik. Endi hujumda rangbaranglik bo'lishi aniq.
Jamoa maqsadlariga keladigan bo'lsak, yana sovrinlar yutib, yaxshi futbol namoyig etmoqchimiz. Chempionlar Ligasiga tushishimiz qasos olish uchun imkoniyat emas. Bu biz o'ynashimiz kerak bo'lgan turnir. Doimgidek, yana muvaffaqiyat qozonmoqchimiz" - deydi Messi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru