Lionel Messi: Finalda Barselonaga yordam berishni istayman
18 dek 2015 10:00
Yangiliklar


Lionel Messi: Finalda Barselonaga yordam berishni istayman
Barselona hujumchisi Lionel Messi klublar o'rtasidagi Jahon chempionati finalida River Pleytga qarshi bahsda maydonga tushmoqchi.
Guanchjouga qarshi o'yinda butun jamoa ajoyib o'ynadi, biz finaldamiz!
O'yinni o'tkazib yuborish doim og'ir, finalga qadar tiklanib jamoaga yordam berishni istayman, – deydi argentinalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, kechagi yarim final uchrashuvini Messi buyragidagi muammolar tufayli o'tkazib yubordi.
Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati finali River Pleyt va Barselona o'rtasida 20 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar