Lionel Messi bugun 28 yoshga to'ldi!
24 iyu 2015 18:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/176423_original.jpg)
![](/upload/storage/176423_220.jpg)
Lionel Messi bugun 28 yoshga to'ldi!
"Barselona"da ko'p sovrinlarni qo'lga kiritdim, ammo g'alabadan zerikkanim yo'q. Agar Kataloniya klubi bo'lmaganda, kim biladi hozir qaerda bo'lar edim" - deydi Lionel Messi.
"Qachonlardir Kobi Brayant menga inson nimalarga erishishi mumkinligi haqida gapirgan. Uning maxorati eng yuqori darajaga chiqqanida ham Kobi o'sishdan to'xtamadi. U yana va yana oldinga intildi. Sportchi mana shunday bo'lishi kerak... Men futbolni sevaman va o'sishni istayman, ammo Brayantning so'zlari menga ilhom berdi".
@Leo Messi
"Messi - hozirgi kunda jahondagi eng kuchli futbolchi. Bahslashish ahmoqlik bo'ladi. Messi va Maradonaga keladigan bo'lsak - ularni solishtirmagan bo'lardim. Ularning ikkisi ham daho, ammo bu futbolchilarni yillar ajratib turadi".
@Diego Simeone
"Messi fantastik. Bazida to'p azosining bir qismiga o'xshab ko'rinadi. Messi argentinalik bo'lgani uchun yaratgandan minnatdorman".
@Diego Maradona
"Messi onasiga quyidagi so'zlarni aytib to'p tepayotgan bolakayga o'xshaydi: "Ko'chada to'p o'ynab kelay. Kech bo'lganda qaytaman". Uni muxlislarga to'la tribuna yoki talablar qiziqtirmaydi. Bu o'ynaganingizda rohat oladigan tabiiy iqtidor".
@Gus Xiddink
"Agar Messi bo'lmaganida, men ikkinchi divizionda ishlayotgan bo'lar edim".
@Xosep Gvardiola
"Messi tekkan hamma narsa gol bilan yakunlanadi. Leo jamoa uchun hamma ishni qilib, futboldan rohatlanadi. U maydonda bajarayotganlariga - aql bovar qilmaydi".
@Terri Anri
"To'g'risini aytaymi? Men hech qachon individual sovrinlar haqida o'ylashdan to'xtamaganman. Ular menga faxrlanish uchun imkon beradi, ammo asosiy maqsadim - jamoaga yordam berish. Aynan shu narsa tufayli, "Oltin to'p" haqida emas, "Barselona"ning sovrinlari haqida bosh qotiraman".
@Leo Messi
Lionel oddiy hayotda
"Oilam bilan baxtliman, o'zimdan ko'nglim to'q. Ota bo'lishni o'rgandim. Tyago deyarli uch yoshda, ammo ota bo'lish raqibni aldab o'tishdan yoqimliroq"
@Leo Messi
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar