So’nggi yangiliklar

02:00АПЛ. "Брентфорд" - "Арсенал" (онлайн ҳисоб)  0 01:55Испания Кубоги. "Атлетико" - "Барселона" (онлайн ҳисоб)  99 00:50АПЛнинг январь ойидаги энг яхши мураббийи ким бўлади?  0 00:19Кучли бешлик чемпионатларида ким энг кўп маош олмоқда?  1 23:43Миллатлар лигаси-2026/27. Қуръа ташланди!  10 23:27"Ноттингем"ни бошқаришга рози бўлган мураббий бор  2 22:57Бундеслиганинг январь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  1 22:43Мбаппе "Реал"нинг навбатдаги учрашувини ўтказиб юбориши мумкин  27 22:20Расман: Раҳим Стерлинг - "Фейеноорд" футболчиси!  4 21:59"Пахтакор" кундаги иккинчи назорат ўйинида дуранг қайд этди  7 21:48"Навбаҳор" Қозоғистоннинг "Актобе" жамоасига қарши назорат ўйинини ўтказди. Нани майдонга тушдими?  2 21:15"Локомотив" Анталияда Грузия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:55Майдон ташқарисидаги "Эл Класико": "Реал" ва "Барселона" бир ҳимоячига қизиқмоқда  0 20:31Гвардиола ёзда кетадими? Романо жавоб берди  19 20:04"Барселона" ҳимоячиси 1 йилдан ортиқ вақт депрессия билан курашганини айтди  1

Lionel Messi-Antonella Rukucco. To'y haqida batafsil Yangiliklar

Lionel Messi-Antonella Rukucco. To'y haqida batafsil

Bugun Argentina terma jamoasi va "Barselona" hujumchisi Lionel Messi bolalikdagi sevgilisi Antonella Rukuccoga uylanadi.

Ushbu marosim ko'pchilikning qiziqishiga sabab bo'lmoqda va ayni damda jahonning ko'plab nashrlari o'z jurnalistlarini to'y bo'lib o'tadigan Rosario shahriga yuborgan. Buyuk Britaniyaning DailyMail nashri marosim haqida batafsil malumot berdi.

To'yga taklif qilinganlar Argentinaga etib borishdi (foto)

TO'Y QAERDA BO'LIB O'TADI?

"Oltin to'p"ning besh karra sohibi hayotidagi eng yorqin voqealardan biri - to'yi uchun xarajatlardan qochmadi va marosimni "Siti Senter Rosario"da o'tkazishga qaror qildi.

Mehmonlar ushbu binoda kazino xizmatlaridan foydalanishi va ularning ko'pchiligi majmua ichidagi 188 nomerga ega 5 yulduzli "Pullman" mehmonxonasida qolishi mumkin.

SHu bilan birga, binoda bouling, tennis kortlari, yopiq va ochiq basseyn hamda ko'plab bar va restoranlar bor.







MEHMONLAR

To'yga "Barselona" tarkibi to'liq taklif qilingan, ammo rahbariyat bundan mustasno.

Xerard Pike, SHakira va Neymar juma kuni Rosario shahriga etib kelishi lozim. Xavi, Sesk Fabregas, Serxio Buskets, Xordi Alba, Samuel Eto'O, Karles Puyol va Luis Suareslar o'z ayollari bilan Argentinaga 29 iyun kuni uchib kelishdi.



KELIN LIBOSI

29 yoshli Antonella Rukucco to'yda Barselonadan tashrif buyurgan ispaniyalik dizayner Roza Klara yaratgan libosni kiyadi.

Ushbu dizayner aktrisalar Eva Longoriya va Sofiya Vergara hamda Ispaniya qirolichasiga maxsus liboslar tayyorlab bergan.


TAOMLAR

Malum bo'lishicha, Messi bosh oshpazdan mahallik delikateslar "locro" va "empanada"larni tayyorlashni so'ragan. "Locro" mol go'shtidan tayyorlanadi.



MUSIQA

Serxio Agueroning xotini, Karina to'ydagi ilk qo'shiqni kuylab beradi. Urugvay guruhlari Rombai va Marama marosimni davom ettirishadi. Xerard Pikening xotini xonanda SHakira to'yda o'zining qo'shiqlarini kuylashi noaniq.



XAVFSIZLIK VA OAV BILAN KURASH


155 nafar jurnalist to'yni yoritish uchun akkreditaciyadan o'tkazildi, biroq ular mehmonlar bilan muloqot qila olishmaydi.

Messi bilan avvaldan ishlab kelgan isroillik mutaxassislar to'yda xavfsizlikka javob beradi.


"To'yda futbolchi bilan suratga tushish uchun bo'lgan barcha harakatlar jiddiy nazorat qilinadi" - deydi xavfsizlik xizmati xodimi Diego Manso.


Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика