"Lion" keyingi bosqichda, "Benfika" Evropa ligasida, Azmunning avtogoli esa "Zenit"ga qimmatga tushdi
11 dek 2019 03:53
Yangiliklar


"Lion" keyingi bosqichda, "Benfika" Evropa ligasida, Azmunning avtogoli esa "Zenit"ga qimmatga tushdi
6-tur boshlanishidan oldin rus klubi bir oyog'i bilan pley-offda turgandi. Ammo jamoaning Lissabondagi yirik hisobdagi mag'lubiyati EL eshiklarini ham yopib qo'ydi. O'z uyida iroda namoyish qilib, "Leypcin" bilan arang durangga erishgan "Lion" 8-ochko bilan keyingi bosqichga ikkinchi o'rinda yo'llanma olgan bo'lsa, to'plar nisbatiga ko'ra "Zenit"ni ortda qoldirgan "Benfika" 7 ochko bilan 3-o'rinni egallagani holda Evropa ligasida javlon urish huquqini qo'lga kiritdi. Takidlash lozimki, agar ruslar 3-golni o'tkazib yuborishmaganda "Benfika" bilan o'rin almashgan bo'lishardi. Eslatib o'tamiz, bu gol o'yinning 79-daqiqasida Eron terma jamoasi etakchilaridan biri Sardor Azmun tomonidan o'z darvozasiga kiritildi.
Benfika Portugaliya – Zenit Rossiya 3:0
11 dekabr, 01.00, «Eshtadiu da Lush»
Gollar:
1:0 – 47 Servi, 2:0 – 58, penalti Picci, 3:0 – 79, avtogol Azmun.
Benfika – Vlaxodimos, Grimaldo, Ruben Diash, Tomash Tavaresh, Ferru, Picci, Gabriel (Samaris, 81), Servi (Seferovich, 81), Taarabt, SHikinyu, Vinisius (Kayo, 89).
Zenit – Kerjakov, Karavaev, Osorio, Duglas Santos, Ivanovich, SHatov (Mak, 90), Eroxin (Sutormin, 65), Barrios, Ozdoev (Smolnikov, 60), Azmun, Dzyuba.
Ogohlantirishlar:
Duglas Santos (17), Gabriel (19), Ozdoev (43), Eroxin (55).
CHetlatish:
Duglas Santos (56).
Benfica Franco Cervi - 47', Pizzi - 58', Sardar Azmoun - 79' |
Champions League Grp. G . 6-tur 11/12/2019, 01:00 0
:
3
Tugadi
|
Zenit St. Petersburg |
Stadion: Estadio da Luz, 40232 tomoshabin
Bosh hakam: Antonio Mateu
Lion Franciya – RB Leypcig Germaniya 2:2
11 dekabr, 01.00, «Grupama Stedium»
Gollar:
0:1 – 9, penalti Forsberg, 0:2 – 33, penalti Verner, 1:2 – 50 Auar, 2:2 – 82 Depay.
Lion – Antoni Lopesh, Andersen, Denayer, Tete, Rafael (Marsal, 73), Tere (Marselo, 87), Auar, Tiago Mendes, Tuzar (Ren-Adelaid, 64), Dembele, Depay.
RB Leypcig – Gulachi, Klostermann, Mukiele, Upamekano (Ampadu, 55), Sarakki, Forsberg, Aydara, Demme, Nkunku (Laymer, 75), Verner (Mateus Kunya, 55), Poulsen.
Ogohlantirishlar:
Upamekano (2), Tiago Mendes (33), Mukiele (53), Sarakki (62).
Lyon Houssem Aouar - 50', Memphis Depay - 82' |
Champions League Grp. G . 6-tur 11/12/2019, 01:00 2
:
2
Tugadi
|
RB Leipzig Emil Forsberg - 9', Timo Werner - 33' |
Stadion: Groupama Stadium, 53288 tomoshabin
Bosh hakam: Anthony Taylor
O’xshash yangiliklar

Fikrlar