"Lion" etakchilarini sotib yubormoqchi
27 noy 2023 18:46
Yangiliklar
"Lion" etakchilarini sotib yubormoqchi
Qishki transfer oynasida "Lion" hujumchisi Aleksandr Lyakazett va yarim himoyachi Korenten Tolissoni sotuvga qo'ymoqchi.
Rahbariyat ushbu futbolchilarning o'yin darajasi oylik maoshiga mos kelmaydi deb hisoblaydi. Lyakazett yiliga 5,4 million evro olsa, Tolissoning maoshi 4,8 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, har ikki futbolchi "Lion" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va jamoaga 2022 yilda qaytgandi. Lyakazett "Arsenal"dan kelgan bo'lsa, Tolisso "Bavariya" tarkibidan Franciyaga qaytgandi.
Bu mavsum "Lion" sardori bo'lgan 32 yoshli hujumchi chempionatning 9 o'yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta kartochka (sariq va qizil) oldi. 29 yoshli Tolisso 9 uchrashuvda 1 ta gol urib, 3 marta sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
Qayd etamiz, "Lion" Liga 1"da oxirgi pog'olnani band etib turibdi.
Fikrlar