"Lion" 12 yil deganda yana kubok finaliga chiqdi Yangiliklar

"Lion" 12 yil deganda yana kubok finaliga chiqdi

Tunda Franciya kubogi yarim finali doirasida "Lion" jamoasi "Valensen"ni qabul qildi.

Bellashuvda Per Saj shogirdlari yirik 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. SHu tariqa, "Lion" 12 yil deganda yana kubok finalida o'ynaydi. Finalda ularga qarshi PSJ - "Renn" juftligi g'olibi maydonda saf tortadi.

"Lion" oxirgi marta 2012 yil finalda to'p tepgan va "Keviyi" jamoasini Lisandro Lopesning yagona goli evaziga mag'lub etgan. Qizig'i o'sha finalda Aleksandr Lyakazett ham asosiy tarkibda o'ynagan. Lyakazett kechagi bahsda dubl qayd etdi va xuddi "Lion" kabi 12 yil o'tib yana Franciya kubogi finalida o'ynashi mumkin. Jamoa umumiy hisobda mamlakat kubogini 5 bor qo'lga kiritgan.

Franciya kubogi

Yarim final

02.04.2024

"Lion" - "Valensen" 3:0

Gollar: A.Lyakazett (pen.) 51, 57, Gift Orban 75


Eslatib o'tamiz, "Lion" Franciya chempionatida 27 turdan keyin bor yo'g'i 10-o'rinda bormoqda.

Reyting: +5   

Fikrlar

   
03 apr 13:59:19
Davronov_Rahimjon_023
REAL MADRID foydalanuvchining fikriga javob berish
Necha bor kubokni yutganini yozmapsizlar-ku!
5 marotaba qo'lga kiritgan ekan
   
03 apr 13:39:10
REAL MADRID
Necha bor kubokni yutganini yozmapsizlar-ku!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика