Lingard yozda MYUdan ketmoqchi. Tomonlar yangi bitim borasida kelisha olishmadi
19 noy 2021 00:33
Yangiliklar
Lingard yozda MYUdan ketmoqchi. Tomonlar yangi bitim borasida kelisha olishmadi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Jessi Lingard kelasi yozda klubni tark etish niyatida. Futbolchining amaldagi shartnomasi ham aynan 2022 yilning yozida o'z yakuniga etadi.
The Times bergan malumotlarga qaraganda, klub va o'yinchi yangi bitim borasida kelisha olishmadi. Lingard bu masalaga boshqa qaytishni xohlamayapti. Bunga sabab, MYU muzokaralarda futbolchiga hozirgidan kamroq maosh taklif qilgan. Bu esa futbolchining hafsalasini pir qilgan. Futbolchiga Angliya tashqarisidan ham bir necha takliflar bor.
Eslatib o'tamiz, mavsum boshida Ole-Gunnar Sulsher Jessi Lingardni qoldirishga ko'ndirgandi va unga o'yin amaliyoti berilishini malum qilgandi. Ammo, futbolchi bor-yo'g'i Liga Kubogidagi "Vest Xem"ga qarshi o'yinda boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi.
Fikrlar