Lingard jonajon jamoasini tark etmoqchi emas

Mirjalol Normatov
6 apr 2020, 21:28
"Manchester Yunayted" futbolchisi Jessi Lingard kelajakdagi rejalari borasida bir qarorga keldi.

"Metro Sport" xabariga ko'ra, Jessi yozda "Old Trafford"dan ketgisi kelmayapti. 27 yoshli xavbekning xizmatlariga "Arsenal" va "Everton"dan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda, biroq u "Yunayted"da qolib, asosiy tarkib uchun kurashish niyatida.

Lingardning yana bir mavsumlik shartnomasi bor va uni bir yilga uzaytirish mumkin.

Ushbu mavsumda Lingard APLda 20ta o'yin o'tkazib, samarali ko'rsatkich qayd eta olmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Metro Sport