Lingard faoliyatini Italiyada davom ettirish mumkin
10 apr 2022 21:27
Yangiliklar
Lingard faoliyatini Italiyada davom ettirish mumkin
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingardning kelajagi mankunianlar bilan kelishuv muddati tugashi munosabati bilan noaniqligicha qolmoqda.
"Daily Mirror" xabariga ko'ra, yarim himoyachining Premer-ligada qolish imkoniyatlari bor. "Vest Xem" va "Nyukasl" uni erkin agent sifatida qo'lga kiritmoqchi.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, unga Italiya A Seriyasining "Yuventus", "Roma" va "Milan" klublari ham jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu ro'yxatda eng etakchi davogar sifatida Joze Mourinyu boshchiligidagi "Roma" turibdi.
Fikrlar