So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  3 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

Lineker: Ronalduning o'yinidan hayratdaman, Messi esa menga quvonch baxsh etadi Yangiliklar

Lineker: Ronalduning o'yinidan hayratdaman, Messi esa menga quvonch baxsh etadi

Angliya terma jamoasining sobiq hujumisi Gari Lineker Messi va Ronalduni taqqosladi.

“Men Messini tanlayman. Aslida ikkala futbolchi ham menga yoqadi. Agar Tvitterda “bu Ronalduning ajoyib va hayratlanarli goli” deb yozsangiz, muhokamalarga darrov Messiya fanatlari qo'shilishadi. Agar Messi haqida nimadir yaxshi gap yozmoqchi bo'lsangiz, men buni doim aytib kelaman, Ronaldu fanatlari ham Messi tarafdorlari qilgan ishni takrorlashadi.

Albatta, har ikkala futbolchini ham yaxshi ko'rish, o'yinidan rohatlanish mumkin. Xuddi men kabi. Ammo ular ikki xil olamdagi futbolchilar. Ronaldu –atlet. U har bir o'yinda borini berib o'ynashga urinadi. U men ko'rgan futbolchilar ichida bosh bilan o'ynashda eng yaxshisi va eng yaxshi to'purar futbolchi.

Messi ham o'ziga xos hislatlarga ega.  U ham men ko'rgan futbolchilar ichida eng yaxshi dribler, eng yaxshi to'p uzatib beruvchi futbolchi. Ronalduning o'yinidan hayratga tushaman. Messining o'yini esa menga quvonch bahsh etadi. Ularning farqi men uchun shunda”, deya Linekerning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport Bible.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика