"Lill" prezidenti Azarning klubga qaytishini istisno qilmadi
17 dek 2021 19:04
Yangiliklar
"Lill" prezidenti Azarning klubga qaytishini istisno qilmadi
"Lill" prezidenti Olive Letang "Real" yarim himoyachisi Eden Azarning francuz klubiga qaytishi mumkinligini inkor etmadi.
"Azarning "Lill"ga qaytishini imkonsiz deb aytmagan bo'lardim. Kerak bo'lsa, muzokaralar uchun Ispaniyaga boraman. Eden aql bovar qilmas yuqori saviyali futbolchi, ammo hozirda u "Real Madrid"da to'p suradi, uning klub bilan shartnomasi bor", — dedi Letang.
Eslatib o'tamiz, Azar 2005-2012 yillarda "Lill" tarkibida o'ynagan. 2021/22 yilgi mavsumda 30 yoshli belgiyalik futbolchi "Real" safida 12 ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar