"Lill" darvozaboni Enema o'zining quruq seriyasini 11taga etkazdi
04 dek 2013 16:19
Yangiliklar

"Lill" darvozaboni Enema o'zining quruq seriyasini 11taga etkazdi
Franciya chempionatining 16-turida "Lill" "Marsel"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
SHunday qilib, "Lill" posboni Vinsent Enema ketma-ket 11-o'yinda gol o'tkazmadi. Uning quruq seriyasi 1035 daqiqaga etdi.
31 yoshli Nigeriya terma jamoasi posboni "PSJ" darvozaboni Salvatore Siriguning o'tgan mavsumdagi 950 daqiqalik natijasini ortda qoldirdi.
Rekord hamon "Bordo" darvozaboni Gaetan Yuarga tegishli. U 1992/93 yilgi mavsumda 1176 daqiqa davomida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgandi.

Fikrlar