"Lill" Botmanni sotmoqchi emasligini malum qildi
20 jan 2022 13:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/678774_original.jpg)
![](/upload/storage/678774_220.jpg)
"Lill" Botmanni sotmoqchi emasligini malum qildi
"Lill" prezidenti Olive Letang himoyachi Sven Botmanni qishki transfer oynasida qo'yib yubormoqchi emasligini malum qildi.
"Biz buni muhokama qilmaymiz. Men Sven haqida gapirdim va takrorlayman: biz o'zimizda eng yaxshi futbolchilarni saqlab qolmoqchimiz. Biz hatto kim bilandir muzokaralarni ham boshlamoqchimasmiz. Botmanni o'zimizda qoldirishni xohlaymiz", - deydi Letang.
Botman 2021/22 yilgi mavsum "Lill" tarkibida 19ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Transfermarkt 22 yoshli niderlandiyalikni 30 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar