"Lill" Botmanni 30 million evrodan kamiga sotmoqchi emas
27 dek 2021 21:10
Yangiliklar
"Lill" Botmanni 30 million evrodan kamiga sotmoqchi emas
"Lill" himoyachi Sven Botman uchun 30 million evrodan past bo'lgan takliflarni ko'rib chiqmaydi.
Manbaning xabariga ko'ra, francuz klubi 21 yoshli futbolchini sotib olish majburiyati bilan har qanday ijara takliflarini rad etishini takidlagan.
Oldinroq Botmanga "Roma" va "Nyukasl" klublari qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.
Niderlandiyalik futbolchining "Lill" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt.ru portali futbolchini 28 million evroga baholamoqda.
2021/22 yilgi mavsumda Botman jamoasi uchun barcha turnirlarda 16 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar