So’nggi yangiliklar

04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  1 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  2 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  103 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  2 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  1 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0 23:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Видад Касабланка"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўйнамади  35 22:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" пенальтилар сериясида "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  15 21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  2 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  2 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  1 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  4 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   12 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1

Liga 1. PSJ ishonchli g'alabaga erishdi, Mbappedan dubl, Messidan debyut! Yangiliklar

Liga 1. PSJ ishonchli g'alabaga erishdi, Mbappedan dubl, Messidan debyut!

Franciya chempionati 4-turidan o'rin olgan uchrashuv matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Reyms – PSJ 0:2 

23.45, «Ogyust Delon»

Gollar: Mbappe 16', 64'

Reyms – Raykovich, Foke, Abdelxamid, Fas, Graviyon, Kassama (Loko, 46), Muneci, Lopi (Van Bergen, 71), Kebbal (Flips, 76), Ture (Ekitik, 82), Mbuku (Berisha, 46).

PSJ – Navas, Xakimi, Markinos, Kerer, Diallo (Kimpembe, 75), Veynaldum (Errera, 66), Guye, Verratti (Paredes, 75), Di Mariya (Draksler, 81), Neymar (Messi, 66), Mbappe.

Ogohlantirishlar: Verratti (44), Diallo (55), Ekitik (84), Paredes (87).

Bahs yakunlandi! PSJ ishonchli g'alabaga erishdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!

90+3. Mezbonlar vaziyat yaratishga urinishmoqa.

90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shildi! 

87. Paredes Muneciga nisbatan qaltis "podkat" tashladi va sariq kartochka bilan jazolandi.

84. Ekitik Messi va Mbappega qo'pollik ishlatdi. U ikkinchi harakat uchun sariq kartochka oldi.

82. "Reyms"da o'zgarish: Ture o'rniga Ekitik o'yinga qo'shildi.

81. PSJda 5-o'zgarish: Di Mariya o'rniga Draksler o'yinni davom ettiradi. Umuman olganda, PSJga beshta o'zgarish kamlik qiladi :)

79. Keylor Navasdan fristayl – Ture bilan raqobatlashdi, korpus qo'ydi va to'pni ilib oldi. 

78. Leo Messining birinchi yurishi!  U Mbappega pas berdi, Mbappe to'pni Leoga qaytarishga urindi, ammo himoyachilar sergak tortib, to'pni maydondan chiqarib yuborishdi.

76. "Reyms"da o'zgarish: Kebbal o'rniga Flips o'yinga qo'shildi. 

75. PSJda 2 ta o'zgarish: Verratti o'rniga Paredes, Diallo o'rniga Kimpembe tushdi.  

73. Kebbalning zarbasi yo'liga Kerer to'siq bo'ldi. Mezbonlar birinchi burchak to'piga ega bo'lishdi.

71. "Reyms"da almashtirish: Lopi o'rniga Van Bergen o'yinni davom ettiradi.

70. Kebbal yana faollik ko'rsatdi. Bugun "Reyms"ning eng faol o'yinchisi, shubhasiz.

67. Messi birinchi marta to'pga tegdi. Ommaning reakciyasi: "Oooooooo".

66. PSJda 2 ta almashtirish: Veynaldum o'rniga Errera, Neymar o'rniga Messi tushirildi.

64. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Xakimining uzatmasidan keyin Mbappe hisobni oshirdi – 0:2! 

62. Lopining zarbasi Markinosga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi. Navas kichik qiyinchilikka uchradi.

59. Messi chigilyozdi mashqlarni bajarayotgani ko'rsatildi. Kamyob kadr va kam kuzatiladigan jarayon.

57. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 33%-67%.  

55. Muneciga nisbatan qo'pollik ishlatgan Diallo sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

54. Uzoq tekshiruvlardan so'ng gol bekor qilindi. Ofsayd!

53. O'yin to'xtab turibdi. Gol VARda tekshirilmoqda. 

51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Pala-partish holatdan Muneci gol urib ketdi va hisobni tenglashtirdi – 1:1!

48. Hozirgina maydonga tushgan Lokoning uzatmasi Markinos tomonidan bartaraf qilindi.

47. PSJ tempni oshirdi – Neymar va Mbappe o'zaro kombinaciya uyushtirdi, Guye esa zarba yo'lladi. Himoyachilar zarba yo'liga to'g'anoq bo'lishdi, to'p Raykovichgacha etib bormadi.

46. "Reyms"da 2 ta o'zgarish: Mbuku o'rniga Berisha, Kassama o'rniga Loko tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45+1. PSJ taymni burchak zarbasi bilan tugatdi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.

44. Verratti Kebbalga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi.

43. "Reyms" PSJ bilan teng o'yin namoyish etmoqda. 

41. Uuux!  Kassamaning aylanma zarbasi darvoza to'siniga tegdi. Navasning sakrashi zarbaga go'zallik baxsh etdi.

39. Navaaas!  Kebbalning zarbaga o'xshash pasidan so'ng ajoyib seyv ko'rsatdi. Darvoza ustuni oldida Ture tayyor targan edi.

36. Diallo keskin uzatmasi orqali Navasning xushyorligini sinab ko'rdi.

35. PSJda deyarli imkoniyat yuzaga kelmayapti. Bor-yo'g'i bitta aniq zarba (bosh bilan) va darvoza sari etib bormagan zarbalar. Bo'ldi.

33. Graviyon "Inter" himoyachisi hisoblanadi. U ijara asosida "Reyms" sharafini himoya qilmoqda.

32. Yana Graviyon – bu gal unga Di Mariyaning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasi tegdi. 

31. Neymar himoyachini aldab, Mbappe uchun vaziyat yaratdi – forvardning zarbasi Graviyonga tegdi.

28. Ture markazda Neymar bilan to'qnashdi. Bosh hakam "Reyms" hujumchisi bilan o'zini qanday tutish bo'yicha og'zaki suhbat olib bordi.

25. Mbappedan dahshatli tezlik, biroq Raykovich yotgan holda, to'pga birinchi bo'lib egalik qildi.

23. Markinos raqib jarima maydoni ichida bosh bilan zarba berdi, ammo sal noaniq.

22. Neymar Lopiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Bu fol emas, ammo himoyachiga qiyin bo'ldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatiladi, mehmonlar esa burchak to'pini o'yinga kiritishadi.

20. Mezbonlar raqiblarini faol ravishda kutib olishga intilishyapti. Verratti, Guye, Veynaldum kuchli bosimga uchramoqda.

17. PSJning o'yinini tomosha qilganda tomoshabinlar faqat g'alabani emas, haqiqiy sanat asarini ko'rishni xohlaydilaryu SHu jihatdan Pochettinoga juda xavas ham qilmaysan. 11 talik tarkibda hamma yulduzga joy topib berish osonmas.

16.  GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Di Mariyaning uzatmasidan keyin Kilian Mbappe bosh bilan gol urib, hisobni ochdi – 0:1!

13. "Reyms" faol harakat qilyapti. Kebbal Tureni topdi, yosh hujumchining zarbasi esa muvaffaqiyatli bo'lmadi.

11. Mbappenining zarbasi aniq chiqmadi.

9. Neymar Fokega nisbatan qoidani buzdi. "Reyms" darhol to'pni yo'qotdi va mehmonlar hujumga shaylanishmoqda.

7. Jamoalarning hech birida tempni oshirish niyat yo'q. Parijliklarning pressingi majburlikdan amalga oshirilayotgandek.

5. Zaxira o'rindig'ida o'tirgan Leo Messi namoyish etilmoqda. Argentinalik bugun maydonga tushishi kutilmoqda. Yana qo'shimcha sifatida aytish lozim, bu o'yin Mbappe uchun PSJ libosidagi oxrigi o'yin bo'lishi mumkin.

3. Navas ortidan Raykovichning oyog'iga ham to'p tegdi. U Mbappedan oldinroq to'pga ega chiqishga erishdi.

2. Navas tomon noqulay pas keldi, darvozabon Turedan oldinroq to'pga etib borishi lozim edi, ulgurdi.

1. O'yin boshlandi! 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun PSJ mehmonda "Reyms" bilan bellashadi. Mazkur o'yinni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика